Yoshlar_kuni
Yoshlar_kuni

Yoshlar_kuni

30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur sana doirasida Kogon shahrida har xil tadbirlar, jumladan, sport musobaqalari, ijodiy uchrashuvlar, mahoratdarslari, iqtidorli yoshlarni e’tirof etish va konsert dasturlari tashkil etildi. Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor va ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Tadbir Kogon shahar Lokomotiv o’yingohida shahar tadbiri bo’lib o’tdi. https://t.me/KogonshaharAKM

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *