Kogon shahar Axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning xolis va tezkor axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan jurnalistlar, muxbirlar, blogerlar va media sohasi vakillarining xizmatlari beqiyosdir.
Sizlarning zahmatli mehnatingiz, professionalligingiz va jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni yoritishdagi faolligingiz yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ijodiy parvozlar, yangi-yangi yutuqlar va kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

