Kogon shahar axborot-kutubxona markazi
Kutubxonadan foydalanish

Kutubxonadan foydalanish

Kogon  shahar axborot-kutubxona markazidan foydalanish

Qoidalari.

I. Umumiy qoidalar

1.1.      Kogon shahar axborot-kutubxona markazlari (keying matnda – Markaz) demokratik  insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, fuqarolilik, shaxsning  erkin kamol topish tamoyillari  asosida  faoliyat yuritadi.

1.2.      Markaz   foydalanuvchilarga asosiy axborot-kutubxona  xizmatlarini  bepul, ayrim  qo‘shimcha  axborot-kutubxona  xizmatlarini tasdiqlangan “Pullik  xizmat ko‘rsatish preyskuranti”ga asosan  amalga  oshiradi.

1.3.      Kutubxonaga  katta  hajmdagi  buyumlar, yong‘in holatiga sabab bo‘luvchi buyumlar, qimmatbaho buyum va pullar  vaqtinchalik saqlash uchun ham  qoldirilmaydi. Kutubxona  ma’muriyati  garderobda koldirilgan qimmatbaho buyum va pullar  uchun  javobgar   hisoblanmaydi.

II.Axborot-kutubxona markazining asosiy  vazifalari.

2.1. Tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, kitoblar va boshqa materaillarning saqlanishini ta’minlash haqidagi qoidalarga muvofiq axborot-kutubxona fondlaridagi hujjatlar va materiallarni hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishga imkoniyat  yaratish.

2.2.      Universal axborot-resurslari, milliy va xorijiy bosma audio vizual elektron nashrlar fondini shakllantirish, saqlash va ochib  berish.

2.3.      Foydalanuvchilar so‘roviga asosan boshqa axborot-kutubxona muassasalari, shujumladan xorijiy kutubxonalarda mavjud axborot-kutubxona hujjatlar va boshqa hujjatlarni olish imkoniyatini  yaratish.

2.4.      Axborot  mahsulotlarini  yaratish va ularni hududlardagi boshka axborot-kutubxona muassasalariga foydalanish uchun taqdim etib borish.

  III.  Foydalanuvchilarning  markazdan foydalanish  xuquqi.

3.1.      Markaz foydalanuvchisi – axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxs.

            3.2.      AKMga  a’zo bo‘lish uchun foydalanuvchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasporti, voyaga etmagan foydalanuvchilar esa tug‘ilganlik haqida guvohnoma va ota-onalar yoki vasiylarning pasportini taqdim etishi zarur. Kutubxonadan foydalanishda Markaz joylashgan xududda doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi yoki boshqa hududda istiqomat qilishi kutubxonadan foydalanishiga mone’lik qilmaydi. AKMga a’zo bo‘lish Markaz tomonidan tasdiqlangan “Pullik xizmat ko‘rsatish preyskuranti”ga asosan amalga oshiriladi.

3.3 Chetel fukarolarining vaqtinchalik kutubxonadan foydalanishi huquki shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o‘rnini bosaoladigan hujjat) asosida beriladi.

3.4.      Foydalanuvchilar kutubxona xizmatlaridan foydazanishda va kutubxonalarni tanlashda erkintanlash huquqiga egadirlar.

3.5.      Kutubxona foydalanuvchisining huquqlari:

3.5.1.   Foydalanuvchilar kanday kutubxonadan axborot-kutubxona

Fondida mavjud hujjatlardan bepul foydalanish;

3.5.2.   Bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmatidan hamda Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning boshqaturlaridan foydalanish;

3.5.3.   Foydalanuvchi axborot-kutubxona fondini yorituvchi kataloglar va boshqa axborot berish shakllari orqali ma’lumot olish;

3.5.4.   Foydalanuvchilar o‘zlariga kerakli axborotni izlashda kutubxona mutaxassisidan bepul maslahatlar olish;

3.5.5.   Axborot-kutubxona fondidagi xarqanday hujjatdan vaqtinchalik foydalanish;

3.5.6.   Kutubxonalararo abonement orqali hujjatlarga buyurtma berish, foydalanish hamda ularning ma’lum qismidan belgilangan qonun doirasida nusxa olish;

3.5.7.   Markazning yuqori turuvchi tashkilot itomonidan tasdiqlangan pullik xizmatlar preyskurantida belgilangan xizmatlardan foydalanish;

3.5.8.   O‘qish zallarida bir vaqtning o‘zida ____gacha kerakli adabiyotlarga buyurtma berish (kun da vomida adabiyot  hujjatlardan foydalanish soni cheklanmagan);

3.5.9.   Foydalanuvchining talabi va ixtiyoriga ko‘ra kutubxona hududidan axborot-kutubxona hujjatlarini foydalanish uchun va keinchalik olib chiqish (adabiyot hujjatlarni berish soni 4-5 tagacha, adabiyot hujjatlarni kaytarish muddati olib ketilgan sanadan boshlab15__kun);

3.5.10.Foydalanuvchilar tomonidan uyga berilgan adabiyot hujjatlarga so‘rov talabi kam bo‘lgan takdirda, kutubxona binosidan tashqarida foydalani shuchun 5 ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirish;

3.5.11.O‘quv zallaridagi mavjud kompyuter uskunalaridan foydalanish;

3.5.12.Foydalanuvchi markaz faoliyatini rivojlanishiga doir asosli taklif va mulohazalar berish;

3.5.13.Foydalanuvchilarning markaz mutaxassislari tomonidan huquklari poymoletilgan taqdirda, hukukni muhofaza qilishi doralariga murojaat etish;

3.6.Markazdan imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarning foydalanish huquqlari :

3.6.1.   Markaz fondidagi mavjud barcha tillardagi adabiyot hujjatlardan foydalanish yoki kutubxonalar aro abonement orqali buyurma berish;

3.6.2.   Markaz binosiga kelib foydalanish imkoniyati bo‘lmasa, istiqomat qilayotgan hududiga yakin joyda joylashgan axborot-kutubxona markazi xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalanish hamda markaz mutaxassislari tomonidan ko‘chma kutubxona xizmati orqali foydalanuvchi so‘roviga ko‘raxizmat ko‘rsatish;

3.6.3.O‘zbekiston Qahramoni, 1 va II darajali “SHon-sharaf” ordeni

sohiblari, II va III_darajadagi nogironlar, urush qatnashchilari, harbiy harakatlar oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslargan va batsiz kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish;

3.6.4.   Foydalanuvchilarning nodir, noyob va alohida qimmat gaeganashrlardan zaruratiga ko‘ra maqsadli yo‘nalishlarda foydalanish (markaz             rahbariga yozma ravishda bildirishnoma orqali);

3.6.5.   Markaz tomonidan o‘tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish.

IV.    Foydalanuvchilarning majburiyatlari.

4.1.Foydalanuvchilar ushbu markazdan foydalanish qoidalariga rioya qilishi shart.

4.2.Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Markazdan foydalanish qoidalari bilan tanishishi zarur.

4.3.Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarida o‘zgarishlar (yashash joyi, familiyasi) ro‘ybergan taqdirda Markaz mutaxassisiga axborot berishi kerak.

4.4. Markaz foydalanuvchisining majburiyatlari:

4.4.1.Markaz mutaxassislariga nisbatan xushmuomala va do‘stona munosabatda bo‘lishi lozim.

4.4.2. Foydalanuvchi so‘roviga asosan qabul qilib olgan adabiyot hujjatni ko‘zdan kechirishi va biror-bi nuqson aniqlangan taqdirda markaz mutaxassisiga bu haqda ma’lum qilishi kerak. Aks holda ushbu adabiyot hujjatga etkazilgan zararga javob gar hisoblanadi.

4.4.3.   Markaz fondidan olingan adabiyot hujjat, turli axborot                                     tashuvchilar orkali foydalanish uchun olingan qurilmalar, disklar va xokazolardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish ikerak.

4.4.4.   Foydalanuvchi markaz fondidan olgan adabiyot hujjatlarni belgilangan muddatlarda qaytarishi yoki uzaytirishi mumkin. Foydalanish vaqtini uzaytirish bo‘yicha markaz mutaxassisini ogoxlantirishi shart.

4.4.5.   O‘qish zallaridan chiqish vaqtida foydalanish uchun olingan adabiyot  hujjatlar markaz mutaxassisiga topshiriladi yoki ochiq fondlardan olingan bo‘lsa joyiga qayta joylab qo‘yishi mumkin.

4.4.6.   O‘qish zallarid foydalanish uchun olingan adabiyot hujjatlarni olib chiqish va boshqa zallarga o‘tib foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda kitobni yirtish, biror belgi chiziq qo‘yish, sahifalarini buklash taqiqlanadi.

4.4.7.   Ochiq fondlardagi kitoblarning joylashish tartibini buzish, katalog va kartoteka kartochkalariga ziyon etkazish hamda ularni olib tashlash mumkin emas.

4.4.8.   Markaz hududida shovqin ko‘tarmaslik, jimlikni saqlash, tozalik qoidalariga rioya etish talab etiladi.

4.4.9.   Markaz fondidan olingan hujjatlar yoki materiallarni yo‘qotgan va ular o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan darajada zarar etkazgan fuqarolar, korxona, muassasa va tashkilotlar markaz direktori tomonidan belgilangan hujjat va materiallar yoki ularning nusxasi bilan almashtirish, mumkin bo‘lmagan holatda ular qiymatining 10 barobar miqdorida to’lashga majbur. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 18 yanvardagi “Notariuslarning ijroxatlariga asosan qarzni undirish so‘z siz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risi”dagi 26-sonqarorining VIII-bandi:    Kutubxonalarning talabnomalari bo‘yicha qaytarilmagan kitoblar, boshqa bosma asarlar va kutubxonalar zaxirasidan olingan o‘zgamateriallar uchun qarzni undirish). Bu mikdor yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqib va amaldag iqonuniy hujjatlarga asoslanib markaz mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan belgilanadi.

4.4.10.Markaz hududida foydalanuvchilar shaxsiy mobil qurilmalarini tovushsiz holatga o‘tkazib kirishlari talab etiladi.

4.4.11.Texnika tartib qoidalariga amal qilish     shart.

4.4.12.Markaz hududiga iste’mol suvlari, gazli ichimliklar bilan kirish ta’qiqlanadi. Zarurat tugilganda, markaz posbonlari tomonidan ichimlikni maxsus tekshiruvdan o‘tkazgani dan so‘ng ruxsat beriladi.

V. O‘qish  zallaridan  foydalanish tartibi.

5.1. Xizmat ko‘rsatish zallariga foydalanuvchilarning ustki kiyim, shaxsiy sumkalar bilan kirishit a’qiqlanadi. Ustki kiyim va shaxsiy buyumlarni markaz hududida saqlash uchun ajratilgan maxsus joy (garderob)da qoldirish talab etiladi.

            5.2. O‘qish zallarida adabiyot hujjatlarning berilishi Markazga a’zo bo‘lgan foydalanuv chilargab eriladi va kitobxon formulyariga adabiyot hujjatni qabul qilib olgan sanasi va shaxsiy imzosi bilan qayd etiladi. Birmartalik foydalanish uchun tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali adabiyot hujjatlar beriladi.

5.3. Markaz fondida mavjud bo‘lgan kitob, jurnal, gazeta, biror-bir hujjatdan kesibolingan parcha va boshqa bosma nashrlar foydalanuvchilar tomonidan olib kirilmaydi. Markaz fondida mavjud bo‘lmagan foydalanuvchilarning shaxsiy kitoblariga markaz mutaxassisi tomonidan qog‘oz blanka yopishtirilgandan so‘ng kiritilishi mumkin. Qogoz blankaga adabiyot hujjatlarni olib kirish sanasi yoziladi va muhr bosiladi.

5.4. O‘qish zallaridan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda, foydalanuvchilar ma’muriy attomonidan belgilangan muddatga Markazdan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin.

5.5. Foydalanuvchilar tomonida nadabiyot hujjatlar ma’lum muddat vaqtga ushlab turishi (bron) mumkin.

5.6. Markazning kunlik ish vaqtitugashiga     ­15 daqiqa qolganda o‘kish zallarida foydalanish uchun berilgan markaz fondidagi adabiyot hujjatlar mutaxassislarga topshiriladi.

VI.    Markaz hududida kompyuterdan foydalanish qoidalari.

6.1.Foydalanuvchilarga kompyuter jihozlaridan kompyuterlashgan maxsus joylarda foydalanishga ruxsat etiladi.

6.2. O‘kishzallariga foydalanuvchilar tomonidan shaxsiy kompyuter qurilmalari va kuloqchinlarni olib kirishga ruxsat etiladi.

6.3.Foydalanuvchining shaxsiy axborot tashish qurilmasi markaz mutaxassisi tomonidan maxsus tekshiruv (virus aniqlovchi dastur)dan o‘tkazilgan dan so‘ng elektrok axborotdan nusxa ko‘chirishga ruxsat etiladi.

6.4.Foydalanuvchi kirishita’qiqlangan axborot manbalari ro‘yxati (ekstremistik, pornografik va boshq.) bilan tanishganligini shaxsiy imzosi bilan tasdiqlashi shart. Agarda ushbu manbalardan foydalanishga urinsa, bu holatda 3 oydan 6 oygacha muddatga markaz hududidagi kompyuterdan foydalanish huquqi cheklab qo‘yiladi.

6.5.Foydalanuvchilarga kompyuter va kataloglardan foydalanish vaqtida quyidagilar manetiladi:

6.5.1.   Kompyuter qurilmalariga istalgan dasturlarni o‘rnatish;

6.5.2.   Kompyuter o‘yinlarini o‘ynash;

6.5.3.   Onlayn aloqachatlaridan foydalanish;

6.5.4.   Kompyuterlar va boshqa texnik vositalardan kutubxonada xizmat ko‘rsatish jarayoniga aloqa dorbo‘lmagan maqsadlarda foydalanish;

6.5.5.   Kompyuterlarda nosozlik kuzatilgan taqdirda o‘zboshimchalik bilan tuzatish.

VII. Markazning huquq va majburiyatlari.

Markazning majburiyatlari:

7.1.Foydalanuvchilarni markazdagi va undan tashkaridagi barcha axborotresurslaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratish;

7.2.Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va to‘liq qondirishga erishish;

7.3.Kutubxonachilik, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakkatartibda va guruhlar bo‘yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;

7.4.Foydalanuvchilarga yuksak madaniy va malakaviy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, zarur hujjat materiallarni qidirib topish va olish da zarur yordam ko‘rsatish;

7.5.Foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish;

7.6.Markazning axborot-kutubxona fondini katalog, kartotekalar hamda zamonaviy qidiriv tizimlari orqali ochib berish;

– Qidiruv dasturlarini uzluksiz ishlab turishini ta’minlash;

Foydalanuvchilargaqi diruv dasturlaridan foydalanish yuzasidan ko‘rsatma berish.

7.7.Foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan adabiyot hujjat markazning axborot-kutubxona fondida mavjud bo‘lmasa, kutubxonalar aro abonement orqali so‘rovni amalga oshirish.

7. 8.Ommaviy tadbirlarni zamon talablariga mos ravishda tashkil etish va o‘tkazish.

7.9.Markazning xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, markaz fondlari va ko‘rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularning asosli istaklariga muvofiq yangi xizmatlar tashkil etish.

Markazning huquqlari:

7.10.    Markazning huquqlari yuqorituruvchi tashkilot orqali bevosita kelishiladi va tasdiqlanadi.

7.11.    Nodir, noyob va qo‘lyozma nashrlarni ko‘rgazmaga qo‘yish, foydalanish va nusxa ko‘paytirishda cheklovlar belgilash;

7.12.    Ushbu qoidaga asosan markaz moddiy boyliklari, jihoz, kitoblar va hokazolarga foydalanuvchilar tomonidan etkazilgan zararlarni qoplash miqdorini belgilab qo‘yish;

7.13.    Foydalanuvchilarga markaz fondidan berilgan hujjatlarni o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish;

7.14.    Yuridik va jismoniy shaxslar bilan maqsadli shartnomalar tuzishda markaz fondidan foydalanish shartlarini belgilab olish.