Kitobxon onalar Kogon shahar Axborot kutubxona markazi xodimlari hamda “Zirabod ” Mahalla fuqarolar yig’ini ayollari bilan hamkorlikda har oyning 17 sanasida Kitobxon onalar kuni munosabati bilan “Kitobxonlik bizni birlashtiradi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda AKM direktori Djo’rayeva M.A. so’zga chiqdilar. Zamonaviy dunyoda taraqqiyotning negizi bilim va tafakkurga tayanadi. Bu jihatdan kitob insoniyat madaniyatining eng muhim yutuqlaridan biri, millat taraqqiyotining poydevoridir. Har bir rivojlangan jamiyatning asosida keng ommaning kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati, intellektual salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan faoliyat yotadi. “Kitob – ma’naviyat manbai” degan ezgu g‘oya bugungi kunning dolzarb haqiqatiga aylangan. Tadbirda Mahalla buvijonlari uybekalri hamda kitobxon onalar ishtirok etdilar , o’zalri o’qigan asarlari bo’yicha bahs munozaralar bo ‘lib o’tdi. https://t.me/KogonshaharAKM



