Bugungi tezkor hayotimizda kitob – bu shunchaki sahifalar to‘plami emas, balki inson tafakkurini boyitadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan va qalbni nur bilan to‘ldiradigan bebaho manbadir. Kitob o‘qigan yosh – ertangi kun bunyodkori, fikri teran, maqsadi aniq shaxsdir.
📖 Kogon shahar axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari tomonidan kitobxon yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni mutolaaga keng jalb etish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.



