Biz zo’ravonlikka qarshimiz
Biz zo’ravonlikka qarshimiz

Biz zo’ravonlikka qarshimiz

Kogon shahar Axborot kutubxona markazi hamda Beruniy Mahalla fuqarollar yigini xotin -qizlar bilan ishlash mutaxassislari bilan hamkorlikda “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” mavzusida chelenj o’tkazildi. Mazkur tadbir davomida gender zo‘ravonlikning ko‘rinishlari – ruhiy, jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlik mavzulari keng yoritilib, ayol-qizlarning o‘z huquq va erkinliklari haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lishlari zarurligi ta’kidlandi. Tadbirda oilada ayollarga nisbatan har qanday zo‘ravonlikni mamlakat kelajagiga qilingan tajovuz sifatida baholash lozimligi alohida qayd etildi. Shuningdek, ayollar va qizlarga nisbatan hurmat-ehtiromni kuchaytirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash borasida har bir fuqaroning mas’uliyati borligi ta’kidlandi. https://t.me/KogonshaharAKM

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *