Kogon shahar axborot-kutubxona markazi hamda shahardagi Kelajak marazi bilan hamkorlikda markaz bolalari bilan “Ilmning sehrli olamiga sayohat ” mavzusida Kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Darhaqiqat, kitoblar inson uchun ajoyib dunyolar, tarix, madaniyat va bilimlar eshiklarini ochib beradi. Bolalar bilimga moyil bo‘lganligi sababli, ularda yangiliklarni tushunish, boshqa mamlakatlar va boshqa odamlarni kashf qilish istagi bor, kutubxonaga sayohat ular uchun bilim olamiga haqiqiy sayohatga aylandi. tadbir davomida oquvchilar bilan qiziqarli savol javoblar ham o’tkazildi.Sayohat bolalarda katta taassurot qoldirdi.


