“ONA TILIM-FAXRIM, G‘URURIM”!
“ONA TILIM-FAXRIM, G‘URURIM”!

“ONA TILIM-FAXRIM, G‘URURIM”!

Kogon shahrida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan  tadbir bo‘lib o‘tdi.

“21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan”ligining 37-yilligi munosabati bilan Kogon shahar bolalar musiqa va san’at maktabida “Ona tilim-faxrim, g‘ururim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda konsert dasturi bo‘ib o‘tdi.

Tadbirni shahar hokimining o‘rinbosari Madina Sadullayeva ochib, yig‘ilganlarni “O‘zbek tili bayrami kuni” bilan qizg‘in  tabrikladi.

Tadbir davomida  Ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, dilrabo qo‘shiqlar ijro qilindi.O‘zbek tilining boy tarixi, uning shakllanishi va taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbirda Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Til millat ko’zgusi ” mavzusida adabiyotlar ko ‘rgazmasi tashkil etildi. https://t.me/KogonshaharAKM

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *