Kogon shahar Axborot kutbxona markazi hamda “Zirabod” Mahalla fuqarolar yig’inida “Keksalar haftaligi” munosabati bilan oilaviy kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlash maqsadida “Bobom, buvim va men kitobxon” shiori ostida keng ko‘lamli kitobxonlik aksiyalari tashkil etildi va muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Kutubxona mutaxassislari ishtirokida suhbat va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tashabbus orqali yosh avlod o‘z bobolari va buvilarining hayotiy tajribalaridan, kitoblar orqali olingan bilimlardan bahramand bo‘lishmoqda. Keksalar esa nabiralari bilan birga o‘qib, o‘z bilimlarini ulashib, kitobxonlik an’analarini davom ettirishmoqda. https://t.me/KogonshaharAKM



