O‘tkir Hoshimovning «Bahor qaytmaydi» qissasidan
«Bahor qaytmaydi» qissasi inson umrining va shuhratining boqiy emasligi haqida. Asarda yozuvchi iste’dod ega, biroq uning qadriga yetmagan, ulug’ maqsadlardan mahrum, xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini ijodkorona yoritib beradi. Ana shu ijodkorona tahlil tasvirning tuyg’ularga boyligi va samimiyligi bilan o’quvchilarning qalbiga yo’l topdi, ko’plarni hayajonga soldi. Qissa matnida boshdan-oyoq muallifning o’ta nozik va nafis kuzatishlari, qalbi tebranishlari, rang-barang kechinmalari, zavq-shavqi, armon-o’kinchlari, xilma-xil tuyg’ulari aks etgan.
