Men ham xalqning bir zarrasi, o‘rni bordir irodamning,
Lek, bugunning shiddatidan aqlim shoshib qolayotir.
Malham bo‘lib el dardiga, ohin tinglab har odamning,
Xalq ichidan chiqqan botir, xalq ichiga borayotir!
Vatan sha’ni shiddatidir, yurt boyligi chiroy unga,
Bu tuyg‘uning qudratini vatansizlar bilolmaydi!
Xalq bor manzil – kabinetdir, elning bag‘ri saroy unga,
Xalq ichidan chiqqan botir, xalq ichidan kelolmaydi!
Oq qorani anglamoqqa hech tarjimon kerak bo‘lmas,
Nopoklarni ko‘rgan zamon, yurak-bag‘ri qaqshayverar.
El dardini aytmoq uchun mingta majlis kerak bo‘lmas,
Xalq ichidan chiqqan botir, xalq ichida yashayverar!
Baxt emasmi, har kunimiz el koriga yarab tursak,
Yurtboshimning shijoati yurakka cho‘g‘ solayotir.
Uyg‘onsa qalb qadriyati, biz nechun jim qarab tursak,
Xalq ichidan chiqqan botir, xalq ichiga borayotir!

