Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kogon shahar bo‘linmasi va Kogon shahar Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan “Yoshjadidlar” – ma’rifat sari dadil qadam! loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga jadidlar harakati, ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamda millat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan qiziqarli savol-javoblar tashkil etilib, yoshlarning bilimini sinash va dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar jadidlar merosining bugungi kundagi ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mazkur loyiha yoshlarni ilm-ma’rifatga, mutolaaga va mustaqil fikrlashga undash, ularning Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



