Mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog’ini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
📚 Insoniyat yaratgan eng ulug‘ mo‘jiza bu – kitob. Kitob orqali tarixni, qadim madaniyatni bildik, bilimimiz, dunyoqarashimiz shakllandi. Bugungi kunga kelib esa taraqqiyotni kitobsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 📚 Kogon shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yoʻl-yoʻlakay birgalikda kitob oʻqiymiz” loyihasi asosida Turkiston MFY fuaqolari bilan targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.



