Kogon shahar Axborot-kutubxona markazi barcha kitobxonlarni kutubxonamiz fondiga kelib tushgan eng sara, yangi asarlar bilan tanishishga taklif etadi!
Yangi asarlar – yangi g‘oyalar, yangi dunyoqarash demakdir.Kelajakni kitob bilan birga yarataylik!
Kutubxonamizda sizni kutayotgan yangi kitoblar:
📙 “Yurak sirlari”—Muxlisa Abdullayeva(Roman)
Inson qalbining chuqur kechinmalari va hayotiy sinovlar haqida ta’sirli asar.
📘 “So‘nggi qo‘ng‘iroq”—Bekzod Abdullayev (Qissa)
Yoshlar orzulari, istak va haqiqat orasidagi tanlov haqida hikoya.
📗 “Yashil daftar”—Nodira Begmatova(Hikoya)
Tabiat, inson va mehr haqida iliq, samimiy hikoyalar to‘plami.
📕 “Qaytgan yomg‘ir”—Elchin Safarli(Roman)
O‘tmish, xotiralar va kechirim haqida ta’sirchan roman.
🩵 “Orzular qanotida”—Zulfiya Tosheva(Sarguzasht)
Orzu, jasorat va do‘stlik haqidagi sarguzashtlarga boy asar.
💡 Nega aynan kitob mutolaasi?
📖 Bilim olishga yo‘l ochadi.
💡 Tafakkurni rivojlantiradi.

