Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Tavallud ayyomingiz munosabati bilan Kogon shahar Axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan Sizni samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, ilm-fan, ma’naviyat va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan ulkan islohotlaringiz barchamiz uchun ilhom va faxr manbaidir.
Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, cheksiz kuch-g‘ayrat hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz tinchligi va farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Kogon shahar Axborot-kutubxona markazi jamoasi

