O’zbekiston mahallalari uyushmasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi muassisligida chop etilgan “Buyuklar haqida 100 ta dalil” hamda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” nomli kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitobi esa yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida qiziqarli faktlarni jamlagan bo‘lib, sun’iy intellekt asosida yaratilgan tasvirlar hamda QR-kodlar orqali qo‘shimcha multimedia materiallari bilan boyitilgani bilan ajralib turadi. Tadbirda AKM xodimlari ishtirok etdilar.



