Dolzarb 90 kun
Dolzarb 90 kun

Dolzarb 90 kun

“Yozgi kunlarimiz kitob bilan go‘zal”
Yoz fasli — bolalar uchun quvonch, hordiq va yangi taassurotlar faslidir.

Ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishda kitob eng yaqin hamrohimiz bo‘la oladi. Kitob o‘qigan bola o‘z bilimini oshiradi, dunyoqarashini kengaytiradi va yangi-yangi orzular sari intiladi.

Kogon shahar axborot-kutubxona markazida tashkil etilayotgan “Yozgi kunlarimiz kitob bilan go‘zal” tadbiri bolalarni mutolaaga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va kitobga mehr uyg‘otish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tadbir davomida bolalar qiziqarli kitoblar bilan tanishadilar, ertak va hikoyalar olamiga sayohat qiladilar, topishmoqlar, viktorinalar va turli o‘yinlarda ishtirok etadilar.

Har bir o‘qilgan kitob bolaning qalbida ezgulik, mehr-oqibat va bilimga intilish tuyg‘ularini shakllantiradi.

Chunki kitob — bilim manbai, yaxshi do‘st va kelajak sari yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘lboshchidir.

https://t.me/KogonshaharAKM

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *