Kogon shahrida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ayollar bolalar xuquqlari ularning muammolarini joyida o‘rganish hamda ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Ayol uchun!” ijtimoiy loyiha doirasida seminar va treninglar tizimli ravishda o‘tkazilmoqda.
Jumladan, shaharda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirokida psixologik trening o‘tkazildi, videorolik namoyish etildi.
Uchrashuv davomida ularning madaniyatini oshirish bo‘yicha kitob taqdimoti tashkil etildi. Trening davomida ishtirokchilarning murojaat va dolzarb muammolari tinglanib, ularni qonun doirasida ijobiy hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur psixologik trening va kitob taqdimoti, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. https://t.me/KogonshaharAKM


