Kogon şahar Axborot-kutubxona markazi öquv zalida “Özbekiston – umumiy uyimiz” va “Yangi Özbekiston -yangi tafakkur, yahgi adabiyot “mavzusida adabiyotlar körgazmasi tashkil eyildi. O‘zbekiston — turli millat va elat vakillari tinch-totuv, o‘zaro hurmat va hamjihatlikda yashab kelayotgan bag‘rikeng va muqaddas diyordir. Ushbu zaminda o‘zbek xalqi bilan bir qatorda qoraqalpoq, qozoq, turkman va boshqa ko‘plab millat vakillari azaldan yelkama-yelka mehnat qilib, yagona Vatan ravnaqi yo‘lida birlashib kelmoqda. Shu bois O‘zbekiston har bir fuqaro uchun umumiy uy, mehr-oqibat va totuvlik maskani hisoblanadi.

