📚 Ona tilim — millatim faxri!
Kogon shahar Axborot kutubxona markazi hamda 1- maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida 21-oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim – g’ururim , faxrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o ‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar ona tilimizga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar orqali o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar. Ular ona tilimizning go‘zalligi, boyligi va milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni haqida o‘z bilimlarini namoyon etdilar. https://t.me/KogonshaharAKM




