Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda bosh mutaxassis Z. Temirova axborot kutubxona markazi faoliyati va mavjud sharoitlar bilan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida markaz uchun alohida, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi bino qurish zarurati mavjudligi aniqlandi. Zero, axborot kutubxona markazi nafaqat kitoblar saqlanadigan maskan, balki inson tafakkurini boyitish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish va yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan muhim ma’rifat o‘chog‘idir. Zero, ma’rifat maskaniga yaratilgan sharoit — jamiyatning intellektual kelajagiga qo‘yilgan sarmoyadir.
Axborot kutubxona markazining zamonaviy binoga ega bo‘lishi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va yoshlarning intellektual kamolotini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi mumkin. https://t.me/KogonshaharAKM




