Kogon shahar Axborot kutubxona markazi hamda Kogon shahar Inson ijtimoyi himoya bo’limi bilan hamkorlikda “Zoʻravonliklarga qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida targ’ibot tadbirlari o ‘tkazildi. Oʻzbekistonda ham keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan bolalar shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida turli hil zoʻravonlikka duch kelgan bolalarni i ruhiy qoʻllab-quvvatlash va ularga motivatsiya berish, zoʻravonlikka qarshi targʻibot ishlarini kuchaytirish maqsadida jamoatchilik eʼtiborini ushbu masalaga jalb etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda. Tadbir davomida Voyaga etmaganlar bilan ishlash bo ‘limi mutaxassisi Narziyeva Nargiza va Inson ijtimoiy himoya psixologi Ikromova Mahliyolar so’zga chiqdilar va qiziqarli psixologok treninglar o ‘tkazildi.
https://t.me/KogonshaharAKM




