Kitobxon oila
Kitobxon oila

Kitobxon oila

Kitob, odamning fikrini kengaytiradi, ruhini boyitadi va dunyoqarashini shakllantiradi. Kitobxon bo’lish esa, nafaqat o’qish, balki o’zgarish va rivojlanishning asosidir. O’z ona va bola o’rtasidagi aloqada kitobxonlikning roli juda katta. Ona kitobxon bo’lsa, u o’z farzandiga faqat bilim emas, balki ma’naviyat va axloqiy qadriyatlarni ham o’rgatadi. Bola esa, onasining ko’rgan yo’lini davom ettiradi, uning o’rgatgan kitoblaridan ilhomlanib, hayotini yanada boyitadi.

Kogon shahar Axborot – kutubxona markazida har oyning 17 sanasida “Kitobxon ona-kitobxon bola” loyihasi doirasida tadbirlar o’tkaziladi. Shu munosabat bilan bugun markazda “Kitobxon ona-kitobxon bola” mavzusida kutubxona xizmati koʻrsatildi. https://t.me/KogonshaharAKM

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *