30 iyul – Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanishi belgilangan.
Shu munosabati bilan Kogon shahridagi “Buxoroi Sharif” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Ozarbayjon milliy madaniyat markazida “Xalqlar do‘stligi kuniga” bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kogon shahar axborot-kutubxona markazining mutaxassislari tomonidan Оzаrbayjon markazida oʻtkazilgan tadbirda kitob-rasmli ko’rgazmasi tashkil etilib, adabiyotlarga biblografik sharh berib o’tildi.
Jonajon Vatanimizda doimo tinchlik-osoyishtalik va farovonlik hukm sursin, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqiga hamisha baxtu saodat yor bo‘lsin!



