Taqdir taqozosi bilan bir kunda, mutlaqo chekka va qashshoq oilada Tom Kenti ismli gado bola, qirollik saroyida esa valiahd shahzoda Eduard dunyoga keladi. Yillar o’tib, tasodifiy uchrashuv tufayli ular shunchaki kiyimlarini almashtirib ko’rishga qaror qilishadi. Ammo tashqi ko’rinishdan bir-biriga egizakdek o’xshash bo’lgan bu ikki bolaning hayoti shu lahzadan boshlab butunlay ostun-ustun bo’lib ketadi: gado taxtga o’tiradi, shahzoda esa ko’cha kezib, ochlik va zulmning achchiq ta’mini totib ko’radi.
Asarning bosh g’oyasi shukr qilish haqida.

