KOGON SHAHAR AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI
Bizga ma’lumki Kogon shahar Temiryo`lchilar shahri hisoblanadi. 1970-yilda Kogon shahar madaniyat bo ‘limiga qarshli Poltaraskiy nomidagi Markaziy kutubxona tasarufida Markaziy bollar kutubxonasi tashkil etilgan. Bino esa 1905 yil barpo etilgan. Harbiy gospital (aniq ma’lumot yo‘q) bo‘lgan. Unda atigi 30000 mingta badiiy kitob mavjud bo‘lib, uni Ki Gay rahbarlik qilgan. . Kutubxona a’zolari soni 30-40 tadan oshmagan. Keyengi yillarda kutubxona badiiy kitoblar bilan boyitib borilgan.
Kutubxonada 1975 yildan buyon Melnikova, Qodirov Ahad Rahmadovich, Mamedova Svetlana Askarovna, Suvonova Gulsara Safarovna, Yusupova Galina Ziyayevna, Kabinova Zulfiya Djurayevnalar rahbarlik qilganlar. Kitobxonlar soni ko‘payib, kitob fondi 58000 mingtagacha yetkazilgan. Shaharda 9 ta kutubxona bo‘lgan. Shahar hududida 1 ta markaziy kutubxona, 1 ta bolalar kutubxonasi, 7 ta filial kutubxonalari mavjud edi.
Axborot-resurs markazi (ARM) ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida tashkil etiladi. Shu bilan filial kutubxonalar ishi to`xtatildi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi tassarufiga o`tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 4354 sonli qarorga asosan 2019-yil 2-dekabrda Axborot-kutubxona markazi tashkil etildi. Hozirgi kunda 63554 kitob fondi bilan aholiga xizmat qilmoqda.
